ShahNur Software
Brend identity, positioning va marketing strategiya.
Biznes tizimlari quradigan dasturlash kompaniyasi uchun yangi positioning va brend identity ishlab chiqildi.
- Xizmatlar
- Strategiya / Kreativ
Positioning / Identity / Brand system / Marketing strategy

Kompaniya o‘sgan edi. Brendi esa joyida qolgandi.
Jamoa yirik kompaniyalar uchun ERP, CRM va avtomatlashtirish tizimlari quradi.
Eski identity bu darajani ko‘rsatmasdi: shablon lampa va miya ikonkasi istalgan IT kursga ham mos kelardi, yirik mijozga ishonch bermasdi.

Avval pozitsiya. Keyin dizayn.
Oldin: dastur yozib beradigan jamoa. Endi: biznes tizimlarini quradigan texnologik hamkor.
- Build
- Automate
- Connect
- Grow
Belgi: bir-biriga ulangan tizimlar.
S harfi uchta blokdan yig‘ilgan. Har bir blok alohida jarayon. Birgalikda bitta ishlaydigan tizim.

Bitta identity. Har bir joyda.
Logo oq, qora va to‘q sariq fonda ishlaydi. Favicon uchun ham alohida ixcham variant bor.
Qora#111111
To‘q sariq#FD5201
Oq#FFFFFF

Real ish uchun qurilgan.
Tizim taklifnoma, vizitka, sayt va ijtimoiy tarmoq shablonlarida davom etadi.


Sahifa kompaniya nima qilishini birinchi qatordayoq aytadi.
Sahifa tuzilmasi va bio: “Korxonalar uchun boshqaruv tizimlari: ERP, CRM, avtomatlashtirish, AI yechimlar”.
- Highlights: Portfolio, FAQ, Mijozlar fikri, Xizmatlar.
- Carousel seriyasi: “Ko‘p agentlik loyihani topshiradi-yu, ketadi”.
- Reels.
Biznes egalari qidiradigan savollarga javob.
shahnur.software uchun blog ishga tushirildi: biznes egalari qidiradigan savollarga javob beradigan maqolalar (SEO/AEO).
Brend endi kompaniya darajasida gapiradi.
Taklifnomada, uchrashuvda va ijtimoiy tarmoqda kompaniya bir xil ko‘rinadi: yirik bizneslar uchun texnologik hamkor sifatida.
Natija
Blog va yangi pozitsiyadan keyin sayt orqali yirik kompaniyalardan so‘rovlar keldi.
- sayt orqali so‘rov
- Bank
- davlat temir yo‘l kompaniyasidan so‘rov
- Temir yo‘l
- media kompaniyadan so‘rov
- Media
Manba: sayt orqali kelgan so‘rovlar